2016 yil 11 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidentligiga Özbekiston XDPdan körsatilgan nomzod Xatamjon Ketmonov Jizzax viloyati saylovçilari bilan uçraşdi. Bu haqda Özbekiston XDP MK Matbuot xizmati ma'lum qilmoqda. 

Jizzax şahridagi Jizzax maxsus industrial zonasi ma'muriy binosi konferensiyalar zalida bölib ötgan uçraşuv, bir vaqtning özida viloyatning barça tumanlaridagi saylovçilar bilan video-konferensiya şaklida taşkil etildi. 

Tadbirni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengaşi deputati, Jizzax tumani transport va sanoat kasb-hunar kollejini direktori Quraqboy Ergaşev oçdi va olib bordi.

Dastavval, nomzodning işonçli vakili Nosir Siddiqov söz olib, Xatamjon Ketmonovning tarjimai holi bilan yiğilganlarni taniştirdi.

Şundan söng,  söz Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari, partiya fraksiyasi rahbari Xatamjon Abdurahmanoviç Ketmonovga berildi.

Xatamjon Ketmonov dastlab, Jizzax viloyatida mustaqillik yillaridagi özgarişlar va yangilanişlar, viloyatning iqtisodiy salohiyati haqida töxtalib, 2013 yilda taşkil etilgan  «Jizzax» maxsus industrial zonasi nafaqat  viloyat balki, respublika iqtisodi uçun, içki va taşqi bozorlarda raqobatbardoş bölgan mahsulot işlab çiqariş böyiça zamonaviy, yuksak texnologiyali va innovatsion işlab çiqarişlarni barpo etiş maqsadidagi eng muhim loyiha ekanligini haqida sözladi. 

Bugungi kunda viloyatda jami 32 ta qöşma korxona faoliyat yuritib, ularda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning aksariyati mahalliy xomaşyodan foydalangan holda yengil sanoat  mahsulotlari ekanligi haqida töxtaldi.

Bir tomonda  Çimqortoğ va Molguzar, bir tomondan  Nurota tizma toğlari, yana bir tomondan esa  Aydarkölga tutaşgan boy tabiiy şart-şaroitga ega bu hudud gözal va maftunkor tabiati bilan eng avvalo, ekoturizmning rivojlanişiga xizmat qilişini e'tirof etdi. Bunday maftunkor tabiat, musaffo havodan nafas olib yaşayotgan xalqning siyosiy ongi va tafakkuri,  mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar, yurt kelajagiga nisbatan daxldorlik tuyğusi nihoyatda yuksak bölişi tabiiy ekanligini va bu öz navbatida oçiq fuqarolik jamiyatining  asosiy şarti bölib,  fuqarolarning hohiş irodasini ifoda etuvçi  saylovlar jarayonida muhim ahamiyat kasb etişini alohida ta'kidladi.

Bundan taşqari, saylovçilar, nomzod Saylovoldi dasturida jismoniy imkoniyati çeklangan şaxslarning ijtimoiy hayotida tölaqonli iştirok etişlarini ta'minlaş, ularga qulay şart-şaroitlar yaratiş uçun ijtimoiy obektlarda nogironlarga maxsus kiriş yölagi – panduslar hamda ularga moslaştirilgan piyodalar yölakçalari bölişini ta'minlaş, mavjud barça bino va inşootlarni nogironlar kira olişlari nuqtai nazaridan xatlovdan ötkaziş hamda yölakçalarni nogironlarga moslaş böyiça maxsus davlat dasturini qabul qiliş böyiça berilgan takliflarni ijobiy baholadilar.