Panasonic kompaniyasi Sanyo brendi ostida smartfonlar sotmoqçi. Bu haqda Nikkei naşri xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, Sanyo telefonlari arzon narxi (96 dollardan 192 dollargaça) bilan ajralib turadi va Amazon.com hamda boşqa internet-dökonlar orqali sotiladi. Smartfonlar sotiladigan ilk bozor Hindiston bölişi aytilmoqda.

Panasonic elektronika işlab çiqaruvçi Sanyo Electric kompaniyasini 2009 yilda 4,6 mlrd dollarga sotib olgan. Sanyo rusumidagi ba'zi buyumlar (misol uçun, televizorlar) hozirda ham sotilmoqda, 2017 yilda esa bu brend ostida smartfonlar paydo böladi.
Ma'lum qilinişiça, Panasonic Yaponiya va Yevropa smartfonlar bozorini 2013 yilda tark etgan. Hozirda kompaniya öz biznesini Hindistonda hamda Yaqin Şarq va Afrikaning rivojlanayotgan davlatlarida faol rivojlantirmoqda. Panasonic Hindiston bozorida Samsung Electronics va Oppo Electronics kabi kompaniyalarga raqobat taşkil qilişga umid qilmoqda.












