Madridning «Real» jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu O Jogo naşriga bergan intervyusida Lissabonning «Sporting» klubida öynagan vaqtida köplab klublarning e'tiboriga tuşgani haqida gapirdi.

Futbolçi portugallar jamoasida 2002-2003 yillarda öynagandi. Keyin esa faoliyatini «Mançester Yunayted»da davom ettira boşladi.

«Sporting»da öynagan paytimda men bilan köplab klublar qiziqqan. «Barselona» ham meni sotib olmoqçi bölgandi. Şuningdek, «Arsenal», «Inter» va «Valensiya» ham.

«Mançester Yunayted» esa astoydil qiziqqan, boş murabbiy Aleks Fergyuson men bilan şaxsan gaplaşib olgan. Bu kutilmagan voqea va syurpriz bölgan», degan Ronaldu.

Avvalroq, 2003 yilda Ronaldu Fergyuson bilan suhbatlaşib olgandan 2 kun ötib, «MYu» futbolçisiga aylangani haqida xabarlar çiqqan edi.

Ronaldu 2009 yilda rekord darajadagi transfer orqali «Qirollik klubi» safiga ötdi. Bir neça kun oldin u jamoa bilan şartnomasini 2021 yilgaça uzaytirdi.