Turkiya boş vaziri Binoli Yildirim Donald Trampni saylovda ğalaba qozongani bilan tabrikladi va u prezidentlik postiga ötirgaç, ikki mamlakat munosabati borasidagi siyosatni körib çiqişiga umid bildirdi. 

"Men yangi prezidentdan joriy yilning 15 iyulida Turkiyada davlat töntarişini uyuştirişga buyurtma bergan, uni taşkillaştirgan va ayni damda AQŞda yaşayotan Fathulla Gulenni ekstraditsiya qilişni oçiq sörayman. Işonmanki, uning ekstraditsiya qilinişi ikki davlat uçun yangi davr olib keladi",— dedi Yildirim.