Niderlandiya-Britaniyaning Royal Dutch Shell kompaniyasi kelasi beş yil mobaynida Braziliya neft konlarini özlaştirişga 10 mlrd dollar sarmoya kiritmoqçi. Bu haqda, The Wall Street Journal naşri kompaniyaning suvosti loyihalari böyiça vitse-prezidenti Vael Savanga tayangan holda yozmoqda. 

«Biz bugungi kunda, yirik xorijiy investormiz. Har yili biz 2 mlrd dollardan sarmoya kiritamiz», — degan Savan.

Ma'lum bölişiça, mazkur kompaniya şu paytga qadar Braziliyadagi loyihalariga 30 mlrd dollar atrofida mablağ kiritgan, bundan taşqari mamlakat böylab 5,5 ming yoqilği quyiş şaxobçalarining operatori hisoblanadi. 

Ekspertlarning fikriça, Shell kompaniyasi yaqin yillarda Braziliya hududida kuniga 400 ming barrel neft qazib olişni boşlaydi.