Boyovut tumani davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimi Otajon Masaliyev (ism-familiyalar özgartirilgan) mansab mavqeini suiiste'mol qilib, 2013 yil yanvar-dekabr oylarida 23 mln, 654 ming söm, 2014 yil yanvar-dekabr oylarida 34 mln, 60 ming söm,  2015 yil yanvar-mart oylarida 4 mln, 559 söm jami 62 mln, 274 ming söm pullarni markazning 7 nafar xodimi plastik kartoçkalariga ortiqça ötkazib, uşbu pullarni şaxsiy ehtiyojlari uçun işlatib yuboradi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda. 
Natijada köp miqdordagi byudjyet mablağlari talon-toroj qilinadi.
Bundan taşqari, O.Masaliyev boş hisobçi A.Basimov bilan jinoiy til biriktirib, markaz işçi xodimlariga jami 22 mln, 419 ming söm moddiy yordam va rağbatlantiriş uçun hisoblangan naqd pullarni tarqatmasdan, talon-toroj qilişadi.
Qonunbuzarlarga nisbatan jinoiy iş qözğatilib, sud tomonidan tegişli jazo tayinlandi.