Facebook ijtimoiy tarmoği qator foydalanuvçilarining sahifalarini vafot etgan inson akkauntlari sifatida e'lon qildi, deb yozmoqda Media ITE. Bunga tarmoqda yuz bergan nosozlik sabab bölgan.
Facebook vafot etgan foydalanuvçilar xotirasini yodga oliş imkonini beradi. Bu esa, boşqa foydalanuvçilarga bu dunyodan ötgan foydalanuvçilar sahifasida, ular haqida xotiralarini qoldirişga yordam beradi. Biroq, texnik nosozlik tufayli yuzlab tirik insonlarning sahifalari vafot etganlar röyxatida aks etib qoldi.
Aynan şunday «vafot etganlar» orasida kompaniya asosçisi Mark Tsukerberg sahifasi ham borligi xabar qilinmoqda.
Keyinroq, kompaniya nosozlikni bartaraf etgan va sahifalar egalaridan uzr söragan. Bayonotda aytilişiça, mutaxassislar imkon qadar juda tez işlaşgan.












