15 yil mobaynida jazodan qoçib yurgan xitoylik poraxör Xitoyga qaytarildi, deb xabar qilmoqda Xitoy Kommunistik partiyasi intizomni tekşiriş markaziy komissiyasi. 

Yan Yunmin Tszilin viloyatidagi farmatsevtik kompaniyani boşqargan, ammo mablağlarni noqonuniy özlaştirganlikda ayblangaç, mamlakatni tark etgan edi. 2001 yildan beri dastlab Avstraliyada, söngra Yangi Zelandiyada yaşirinib yurgan. Xitoy va Yangi Zelandiya huquq-tartibot idoralarining özaro hamkorligi natijasida jinoyatçi XXRga qaytarildi. 

Markaziy komissiya ma'lumotlariga köra, Yan Yunmin Xitoyning 100 nafar eng qoçqin poraxöri röyxatiga kirgan.