Portlaş - smartfonlardagi akkumulyatorlarning yagona muammosi emas. Rossiya va u kabi ayozli qiş (0 darajadan past) kuzatiladigan mamlakatlarda sovuq haroratda gadjyetlar öz zaryadini tez yöqotişi mumkin. Hi-Tech Mail.Ru nima uçun bunday bölişi va sevimli smartfonimizni sovuqdan qanday asraş mumkinligiga oid ma'lumotlar bilan bölişdi.
Akkumulyator — zamonaviy mobil qurilmalarning zaif jihati. Ular tezda zaryadini yöqotadi, tezkor quvvatlaş çoğida qizib ketadi, Samsung Galaxy Note 7 tajribasi esa telefonlarning batareyalar tufayli portlaşi ham mumkinligini körsatmoqda. Biroq sovuq ölkalarda yaşovçi kişilarni boşqa muammo qiynaydi - smartfonlar sovuqda tez zaryadsizlanmoqda yoki umuman, öçib qolmoqda.
Nima uçun telefonlar muzlaydi?
Energiya manbalarini işlab çiqariş texnologiyasi boşqa sohalarga qaraganda ança sekin özgaradi. 1991 yilda muloqot vaqtida portlab ketgan litiy anodli ilk mobil telefonlarini qaytarib olişgan. Şundan keyin işlab çiqaruvçilar xavfsizlikni oşiriş uçun litiy elektrolitli energiya manbalariga ötişgan.
Akkumulyator muzlasa, smartfon zaryadini yöqotadi yoki umuman öçib qoladi
Past harorat barça jarayonlarni sekinlaştiradi: muzlatgiçdagi göşt sovutgiçdagidan yaxşiroq saqlanadi - çunki u yerda bakteriyalar faolligi nisbatan pastroq böladi. Akkumulyator bilan ham xuddi şunday, faqat unda mikroorganizmlar örniga litiy ionlari "ter tökadi".
Qança arzon bölsa, şunça yaxşi
Alyuminiy yuqori issiqlik ötkazuvçanlik xususiyatiga ega (örtaça 220 Vt/(m·K)) — bu smartfon uçun bir vaqtning özida ham yaxşi, ham yomon. Gadjyet akkumulyator va protsessordan issiqlikni yaxşiroq oladi, lekin tezroq "muzlaydi". Qurilmaning qalinligi ham muhim ahamiyatga ega - ingiçka smartfondagi akkumulyator faoliyati tezroq beqarorlaşadi.
Bunga yaqqol misol sifatida iPhone qurilmasini olişimiz mumkin. Apple smartfonlari korpusining katta qismi alyuminiydan yasalgan, iPhone 6/6s/7 qalinligi esa — 7,1 mm. Hi-Tech Mail.Ru tadqiqoti şuni körsatdiki, iPhone 6 qurilmasi uçun 15 darajali sovuq harorat taqiqlangan. Işlab çiqaruvçi buni yaxşi biladi va ogohlantiradi - iOS-qurilmalar bilan işlaşda atrof-muhit harorati diapazoni - "+0 darajadan 35 daraja issiqqaça".
Apple rasmiy saytidan xabar













