Buyuk Britaniyaning The Financial Times gazetasida "Özbekiston: elektron hukumat vakillik demokratiyasi va davlat şaffofligini oşirişni ta'minlaydi" sarlavhasi ostida maqola çop etildi. Bu haqda "Jahon" axborot agentligi xabar bergan.
Maqola davlat va jamiyat hayotining barça jabhalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilişi va jadal rivojlanişiga bağişlangan.
Maqolada Özbekistonda mamlakatning Birinçi Prezidenti Islom Karimov taşabbusi bilan 2013-2020 yillarda Özbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantiriş kompleks dasturining amalga oşirilişi haqida söz boradi. Gazetada uşbu bosqiçda ijobiy natijalarga erişilgani, xususan 290dan ortiq körinişdagi davlat xizmatlarini körsatuvçi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali faoliyat körsatayotgani e'tirof etiladi.

Maqolada yozilişiça, 2016 yil boşidan buyon murojaatlar soni 2 baravar oşgan va 800 mingdan ortiqni taşkil etdi. Ilgari davlat bu xizmatlarni qöl rejimida körsatişi uçun köplab resurs sarflaşga majbur bölardi.
Naşrda yozilişiça, davlatning muhim qarorlarni qabul qilişida fuqarolar va tadbirkorlarning iştirokini ta'minlaydigan qonunçilik hujjatlarining ta'sirini baholaş tizimi yana bir samarali vosita böldi. Mazkur tizim orqali 800dan ortiq me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamadan ötdi va 1400dan ortiq izoh va takliflar olindi hamda ularning yarmi qonunçilik hujjatlarini tasdiqlaşda inobatga olindi.
"Oçiq ma'lumotlar milliy Portalining işga tuşirilişi biznes-startaplarni boşlaşdagi muhim omillardan biri böldi, undan 630 ming martadan ortiq foydalanildi. Portal öz içiga 109 taşkilot tomonidan taqdim etilgan 1750ta oçiq ma'lumotlar töplamini öz içiga oladi", — deb davom ettiriladi The Financial Times gazetasidagi maqolada.
Maqolada soliq va statistika hisoboti, bojxona deklaratsiyalarini rasmiylaştiriş, tadbirkorlik sub'yektlari va firma nomlarini röyxatdan ötkaziş kabilar eng talabgir onlayn xizmatlarga aylangani, “Elektron viza” tizimi yölga qöyilganligi e'tirof etiladi. Şu bilan birga, davlat xaridlari böyiça elektron savdolarning yagona mexanizmi, tadbirkorlarning xöjalik sudlariga da'vo arizasi berişi böyiça elektron tizim, davlat xizmatlarini oliş uçun ariza berişda hujjat qabul qilişning “yagona oyna” tizimi samarali faoliyat körsatmoqda. Şu tarzda, fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlari eng talabgir va ommabop davlat xizmatlariga monitor va smartfonlar orqali kiriş imkoniyatiga ega böldilar.












