Financial Times naşrida zamonaviy Özbekistonga bağişlangan maxsus hisobot çop etildi. 11 ta maqoladan iborat hisobotda iqtisodiy ösiş, xususiylaştiriş, xalqaro bozorlarga kiriş, yaşil energetika, raqamli iqtisodiyot, inson huquqlari, mintaqaviy xalqaro munosabatlar, aholişunoslikka doir maqolalar örin olgan.
Birinçi maqola Özbekistondagi aholi sonining ösişi hamda hukumatni kutayotgan işsizlikka doir muammolarga bağişlanadi.
«Özbekiston – yoşlar mamlakati: ötgan 2020 yilda 800 mingta çaqaloq dunyoga kelgan, bu – 2010 yilga nisbatan 25 foizga köp. UNICEF'ning oxirgi hisobotlarida mamlakat aholisining deyarli yarmini 30 yoşga tölmaganlar taşkil qilişi aytilgan. Bu Özbekiston tarixidagi eng köp işçi kuçini taşkil qiladi.
2046 yilga borib, mamlakatda mehnatga layoqatli aholi soni 27 million kişiga yetişi kutilmoqda va hukumat bu insonlarga iş topib berişi kerak böladi. Lekin hozirgi vaqtning özida yana bir katta muammo bor: özbekistonlik yoşlar örtasidagi işsizlik darajasi 15,2 foizni taşkil qiladi. Bu örtaça körsatkiçlardan 1,5 barobar köp. Köplab yoşlar munosib iş qidirib mamlakatni tark etmoqda.
Demografik muammolarni yeçiş maqsadida 2021 yil «Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligi yili» deb e'lon qilindi.
Yoşlarga doir davlat siyosati isloh qilinib, unga yoşlarni kasblarga bepul öqitiş, tadbirkorlik va startaplar uçun grantlar e'lon qiliş, aholining deyarli yarmi istiqomat qiluvçi qişloq joylarida qişloq xöjaligi bilan şuğullanuvçi yoşlarga subsidiyalar beriş kabi yangi loyihalar qöşildi. Şuningdek, yangi dastur yoşlarni madaniyat, jismoniy tarbiya va sport hamda san'atga jalb qiliş, ularning axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oşiriş, yoşlar orasida kitobxonlikni tarğib qiliş va ayollar bandligini ta'minlaşni ham öz içiga olgan.
BMT qoşidagi Xalqaro mehnat taşkiloti ma'lumotlariga köra, Özbekistonda mehnatga layoqatli ayollarning 33 foizi asosiy iş sifatida haq tölanmaydigan iş faoliyati bilan şuğullanadi.

















