Donald Tram AQŞ prezidenti etib saylanganidan söng yil davomida Amerika köçmas mulk bozoridagi aktivlar narxi 15-30 foizga oşişi mumkin. "RIA Nedvijimost" ekspertlari ötkazgan sörovnoma natijalari şundan dalolat bermoqda. Ularning sözlariga köra, bozor yetarliça inert bölib, qandaydir hodisalar unga bir lahzada ta'sir ötkaza olmaydi, bu asta-sekinlik bilan, taxminan yarim yilda amalga oşadi.
AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp muayyan aniq bir dasturni taqdim etmasidan, ekspertlar saylov oldi bayonotlarga asoslanib, hozirgi vaziyatda qandaydir istiqbolli tendensiyalarni taxmin qiliş qiyin ekanligini ta'kidlaşdi.
"Tramp öz dasturining asosiy maqsadlarini ma'lum qilgunga qadar hammaning kutişdan özga çorasi yöq. Saylov oldi debatlarida u ança keskin bayonotlar berdi, şu jumladan FRS (Federal Reserve System - Federal Zaxira Tizimi) hamda uning rahbari Janet Yyellen haqida ham. Şuningdek u iqtisodiy tizimdan noroziligini ham namoyiş qildi", - deydi iqtisodçi Vladimir Rojankovskiy.
"Omonotlarni boşqariş" MÇJ boş tahlilçisi Aleksandr Potavinning fikriça, Zaxira tizimi siyosati özgarişi mumkin. "Savol - qaysi tomonga? Ehtimol, narxlarning oşişi tomongadir, boşqa savol - bu qançalik tez amalga oşadi?", - deydi ekspert.
AQŞdagi köçmas mulk bozoridagi vaziyat töğridan-töğri FRS narxlariga boğliq.
Gordon xalqaro köçmas mulk agentligi prezidenti Stanislav Zingel bu borada şunday deydi: "Köp investorlar FRS stavkasining kötarilişini taxmin qilişmoqda, öz navbatida, investor uçun pullar qiymati ham ösadi. Biroq Federal Zaxira Tizimi keskin harakat qiladigan öyinçi emasligi aniq".
"Amerika köçmas mulk bozori hozir eng yuqori çöqqida - narxlar maksimallikka yaqin", - deydi Knight Frank elita köçmas mulk departamentining mijozlar bilan işlaş bölimi direktori Yelena Yurgenevna.
Şunga qaramay, Rojankovskiyning sözlariga köra, norezidentlar tomonidan talab ortmoqda. Zingel ham bu sözlarga qöşildi. "Bu eng avvalo, dollarning qiymatidan kelib çiqadi, dollar esa, ekspertlarning fikriça, oşadi", - deya ta'kidlaydi u.

















