1. Finlar haşamatga qiziqmaydi. Haşamat — bu degeneratlar uçun örta asr şarq "öyini". "Tilla hammom"da faqat degenerat çömilişi mumkin. 

2. Finlar xalqning boşqa vakillari hisobiga boyiş - öz xalqiga bölgan nafratdan dalolat berişini yaxşi bilişadi. 

3. Finlar byudjyet vositalarini "kesiş" - bu öz farzandlari va nevaralariga bölgan nafrat ekanligini yaxşi tuşunişadi, zero bu yöllardan ularning farzandlari yuradi, maktablarda ham ularning farzandlari ta'lim oladi. Öz farzandlari va nevaralaridan nafratlaniş uçun inson kim bölişi kerak?!

4. Finlarning işonçi komil, öğri - qörqoq böladi. U foş bölişdan qörqib yaşaydi. Bunday inson erkin yaşay olmaydi, u kişi "yakkamoxov" bölib qoladi. 

5. Finlar öz farzandlarini biror nufuzli joyga joylaş — ularga katta ziyon keltiradi, deb hisoblaşadi. Inson barçasiga öz bilimi va kuçi bilan erişmagan bölsa, öziga yomon. Faqat nodongina öz farzandlarini kelajakda muammolarga yöliqişi uçun zamin yaratadi.