Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi taşqi işlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Şavkat Mirziyoyev mehmonni yurtimizga taşrifi bilan qutlab, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Özbekiston xalqiga çuqur hamdardlik izhor etgani va qöllab-quvvatlagani uçun Xitoy Xalq Respublikasi rahbariyatiga, şaxsan XXR Raisi Si Tszinpinga samimiy minnatdorlik bildirdi. Xitoy taşqi işlar vazirining Samarqandda bölib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirgani Birinçi Prezidentimizga yuksak ehtirom ifodasidir.
Tomonlar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yilda Xitoyga hamda XXR Raisi Si Tszinpinning 2016 yilda Özbekistonga taşriflari özaro anglaşuv va işonçga asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamlagani, ikki taraflama manfaatli hamkorlikka yangi sur'at bağişlaganini alohida qayd etdilar.
Muloqot çoğida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnikaviy hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
XXR taşqi işlar vaziri Van I samimiy qabul uçun Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Xitoy rahbariyati Özbekiston bilan mamlakatlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga mos keladigan barça istiqbolli yönalişlar böyiça şeriklikni bundan buyon ham faol rivojlantiriş va mustahkamlaşdan, Özbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining barqarorligi, xavfsizligi, izçil ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yölidagi hamkorlikni davom ettirişdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga mustahkam soğlik va ulkan muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga tinçlik va farovonlik tiladi.











