Ijtimoiy tarmoqlarda "dunyodagi eng ma'yus oq ayiq" sifatida tanilgan Pitstsa laqabli yirtqiç Xitoyning Guançjou şahridagi savdo markazidan (SM) okeanariumga köçirildi. Bu haqida Daily Mail naşri xabar berdi.
YouTube'dagi videotasvirdan keyin maşhur bölib ketgan ayiq volerdagi ta'mirlaş işlari tufayli vaqtinçalik savdo markazini tark etadi. Yangilaniş işlaridan keyin Pitstsa SMga qaytadi.
Manbaga köra, okeanariumda Pitstsa uzoq vaqt davomida birinçi marta oçiq osmon va quyoşni körişga muvaffaq bölar ekan. SMda u "biton qafas"da yaşagan, yirtqiçni odamlardan şişa tösiq ajratib turgan.
Pitstsaga "dunyodagi eng ma'yus oq ayiq", deya nom berilişiga tarmoqlarda tarqalgan suratda ayiqning kuçli apatiya va stressda bölganligi körinib turgan surati sabab bölgan.
Ayiqning saqlaniş şaroitiga birinçi bölib Animals Asia taşkiloti vakillari e'tibor qaratişdi. Zoohimoyaçilar Pitstsaning nisbatan qulay joyga köçib ötişiga erişiş yölida harakat qilişmoqda, ularning fikriça, savdo markazi jonivorga mutlaqo töğri kelmaydi.
SMga joylaştirilişining sababi esa - xaridorlarning u bilan birga selfi tuşişga imkoniyat yaratiş. Savdo markazida undan taşqari yana böri, şimol tulkilari, beluxa kitlar va morj bolalari mavjud.












