2016 yil 14 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidentligiga Özbekiston XDPdan körsatilgan nomzod Xatamjon Ketmonov Camarqand viloyatida saylovçilar bilan uçraşdi. Bu haqda Özbekiston XDP MK Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uçraşuv Samarqand viloyat hokimligining majlislar zalida bölib ötdi. Onlayn video-konferensiya şaklida taşkil etilgan uçraşuvda, viloyatning barça tumanlaridagi saylovçilar tadbirning bevosita iştirokçisi böldilar.
Tadbirni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Abduğappor Qirğizboyev oçdi va olib bordi.
Dastlab, nomzodning işonçli vakili Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Sahobiddin Arziqulov, Xatamjon Ketmonovning tarjimai holi bilan yiğilganlarni taniştirdi.
Şundan söng, söz Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari, partiya fraksiyasi rahbari Xatamjon Abdurahmanoviç Ketmonovga berildi.
Şundan söng nomzod, öz Saylovoldi dasturi bilan yiğilganlarni taniştirdi.
Jumladan, nomzod öz dasturida ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlar va xizmatlar narxini şakllantiriş ustidan davlat va jamoatçilik nazorati samaradorligini yanada oşiriş orqali narxlar va tariflarning ösişi inflyatsiya darajasidan yuqori bölmasligini ta'minlaş, uy-joylarning ijtimoiy maqbulligini ta'minlaş maqsadida, davlat mulkini xususiylaştirişdan olinadigan mablağlarning bir qismini turar joy fondini şakllantirişga yönaltiriş mexanizmini takomillaştiriş masalalariga e'tiborni kuçaytiriş haqida töxtaldi.
Şuningdek, mamlakatimizda avtotransport vositalarining köpayib borayotganligi natijasida yöllar, katta şaharlarning köçalarida tirbandliklar vujudga kelişiga barham beriş maqsadida tegişli infratuzilmani doimiy takomillaştirib boriş, piyodalar yölaklarini kapital ta'mirlaş, ekologik toza, soğlom turmuş tarziga zamin yaratuvçi veloyölaklarni quriş zarurligini ta'kidladi.
Nomzod dasturi bilan saylovçilarni taniştirar ekan, kuçli ijtimoiy siyosatni amalga oşirişda davlatning tartibga soluvçanlik rolini mustahkamlaş, mazkur ustuvorlikka amal qilgan holda, yetakçi ijtimoiy sohalarning tijoratlaşuvini çeklaş, jamiyatning barça a'zolarining işonçli ijtimoiy kafolatlari ta'minlanişi masalalarida biznes mas'uliyatini oşiriş lozimligi va bu vazifani röyobga çiqarişda “Kuçli ijtimoiy himoya – asosiy maqsadimiz!” şioriga tayanilişi haqida söz bordi.











