Xitoy milliy valyutasi dollarga nisbatan yana qadrsizlandi

Foto: © RIA Novosti
Xitoy Xalq banki (Markaziy banki) mamlakat milliy valyutasi – yuanning dollarga nisbatan kursini 0,26 foizga pasaytirdi.
14 noyabrdan e'tiboran bir xitoy yuanining o‘rtacha almashuv kursi 6,8295 punktda qayd etilgan, bu o‘tgan juma kungi raqamdan 180 punktga balanddir. Shu bilan yuan kursi 2010 yil iyunidan beri eng quyi ko‘rsatkichga tushgan. O‘shanda, Xitoy milliy valyutasi kursi bir AQSh dollariga 6,82 yuanni tashkil etgan edi.
Ta'kidlash kerakki, Xitoy valyutasi ancha uzoq vaqt barqaror bo‘lib turdi. 2005 yil yozida o‘z kursini mustahkamlashni boshlaguncha, bir dollarga 8,3 yuan berilardi. 2008 yil kuzidan bir yil mobaynida 6,8 yuan darajasida, 2009 yil sentabridan boshlab o‘sa boshladi. Yuan kursining eng cho‘qqisi 2014 yilga to‘g‘ri kelgan, bu vaqtda bir dollar deyarli 6 yuanga teng bo‘lgan edi.
2015 yil avgustida XXR Markaziy banki yuan kursini kutilmaganda 3 foizga tushirdi. 6,20dan 6,40ga tushirilishi jahon fond bozorlariga salbiy ta'sir ko‘rsatgan edi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

21:52 / 11.05.2025
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi

23:18 / 10.05.2025
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025