AQŞ Indianapolis şahrida (Indiana ştati) 4 yoşli qizça uydan topib olgan quroli bilan özi va onasini şikastladi. Bu haqda Assoşieyted Press agentligi xabar bergan.

Uning otasi sözlariga köra, qizça avvaliga öz yuziga, keyin onasining ensasiga otgan. Ularning ikkisi ham şifoxonaga olib borilgan. Qurol nima bilan öqlangani ma'lum emas. 

Xabar qilinişiça, hodisa röy bergan vaqtda uyda bölgan bolalar jabrlanmagan. Politsiya uşbu holat yuzasidan tekşiruv boşlagan.