Nizomga köra, jismoniy şaxs yoki yuridik şaxsning rahbari:
röyxatga olinmagan qurol va uning öq-dorilarini, öqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovçi materiallarni va portlatiş qurilmalarini öz ixtiyori bilan topşiriş töğrisida qarorga kelsa;
uning özi uşbu aşyolarni topşiriş haqida içki işlar organlariga yozma yoki oğzaki ravişda murojaat qilsa, mazkur şaxs aşyolarni öz ixtiyori bilan topşirgan hisoblanadi.
Ariza beruvçi özining yaşaş (turar) joyi böyiça içki işlar organiga murojaat qiladi.
Ariza beruvçi tomonidan topşirilayotgan qurol qismlarga bölaklangan, patronlari olingan, şuningdek, qurol va uning öq-dorilari, öqotar qurolning asosiy qismlari begona şaxslarning köriş imkoniyatini istisno etadigan öramga joylaştirilgan bölişi lozim.
Mintaqaviy texnik komissiya tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
pul mukofoti bilan taqdirlaş yoki taqdirlaşni rad etiş;
öqotar qurolni va uning öq-dorilarini imtiyozli oliş huquqini beriş yoki berişni rad etiş.
Öz ixtiyori bilan topşirilgan qurol va uning öq-dorilari uçun pul mukofoti Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirining, Toşkent şahar va Toşkent viloyati içki işlar boş boşqarmalari hamda viloyatlar içki işlar boşqarmalari boşliğining buyruği asosida beriladi.
Eslatib ötamiz, qonunçilikka köra, öqotar qurollar, öq-dorilar va portlovçi moddalarni ixtiyoriy ravişda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga topşirgan şaxslar javobgarlikdan ozod etiladi.

















