Bugun Konor Makgregor Eddi Alvaresni yengib, 2ta vazn toifasida çempion bölgan UFC tarixidagi ilk sportçiga aylandi (yengil va yarim yengil vazn toifasi). Jangdan keyin bergan intervyusida irlandiyalik çempion öz imkoniyatlarini juda yuqori baholadi.
Jangçi faoliyatidagi bu muhim ğalabasidan keyin "unga heç kim qörqinçli emasligini" aytgan.
"Alvares — mening darajamdagi jangçi emas. U haqiqiy jangçi, ammo men undan ança kuçliman. Va'da beramanki, mendan bu kamarlarni olmoqçi bölgan istalgan raqibni yançib taşlayman. Men barçani yançaman! Bilib qöyinglar, men heç kimdan qilgan işim uçun uzr söramayman ham. Buni çin qalbimdan aytayapman. Meni kim jangga çaqirsa, men uni uyatga qoldiraman", degan Makgregor.
Qayd etiş kerakki, rossiyalik Xabib Nurmagomedov bugun Makgregorni jangga çorladi. Rossiyalik sportçi irlandni u hali Alvares bilan jangini ötkazmaganidayoq jangga çaqirgandi. U öz raqibi Maykl Jonsonni yengaç, Makgregorni "irland takasaltangi" deb atagandi.
Konor Makgregor endilikda universal jangçilar çempionati (UFC)ning ikki vazn toifasida UFC çempioni bölgan ilk jangçiga aylandi.
2015 yilning dekabr oyida Konor Joze Aldoni nokautga uçratib, yarim yengil vazn toifasida UFC çempionlik kamarini himoya qilgan edi.












