Rossiyalik yakkakuraşçi Xabib Nurmagomedovdan mağlubiyatga uçragan amerikalik yakkakuraş jangçisi Dastin Pore özi asos solgan The Good Fight Foundation jamğarmasiga xayriya mablaği ötkazgani uçun doğistonlik sportçiga minnatdorlik bildirdi.

“Sening saxiy xayriyang va va'dang ustidan çiqqaning uçun rahmat. Sen qöşgan hissa odamlarga yordam beradi”, deyilgan jamğarmaning tvitterdagi sahifasida. 

7 sentyabrda Pore Abu-Dabida ötgan jangda Nurmagomedovga mağlub bölgandi. Jangdan keyin ikki yakkakuraşçi özaro futbolkalar almaşişgan. Öşanda Nurmagomedov Porega u bergan futbolkani auksionda sotib, tuşgan pulni raqibi jamğarmasiga ötkazişini aytgan.