UFC prezidenti Dana Uayt çempion Xabib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor örtasidagi revanş jang qanday şart bilan ötkazilişi mumkinligini ma'lum qildi.
Nurmagomedovning keyingi ehtimoliy raqibi sifatida amerikalik Toni Fergyuson aytilayotgandi.
“Fergyuson keyingi raqib böladi, biroq Toni biror sababga köra jangni qabul qila olmasa yoki istamasa, unda biz nima qiliş haqida öylab köramiz. Bunday şaroitda Xabib va Konorning revanş jangi katta ma'noga ega böladi”, deb aytgan Uayt.
30 yoşli rossiyalik jangçi 7 sentyabrda Abu-Dabida amerikalik Dastin Porega qarşi jangda çempionlik unvonini himoyalay oldi.
Nurmagomedov va Makgregor 2018 yil oktyabrda jang qilgan. Öşanda Xabib raqibini böğiş usuli bilan muddatdan oldin mağlub etgandi.













