Irlandiyalik aralaş janglar böyiça yakkakuraşçi Konor Makgregor sport faoliyatida tanaffus qiliş haqida öylayotganini tan oldi. UFC birinçiligining ikki vazn toifasida mutlaq jahon çempioni kamarlari sohibining xulosasi haqida MMA Weekly naşri yozmoqda.

«Men oilam va farzandim haqida öylaşim kerak. Avvalgidek, köp jang qilişim uçun menga yangi turtki kerak. Menga janglar uçun tölanadigan gonorarlar endi yetarli emas», — degan irlandiyalik sportçi.

Eslatib ötamiz, Makgregor UFC 205 musobaqasida AQŞ vakili Eddi Alvaresni mağlub etib, taşkilotning yarim yengil va yengil vazn toifalarida çempionlik unvonini qölga kiritgan edi. Öşa kuni irlandiyalik boksçi, boşqa bir amerikalik Maykl Jonsonni mağlub etgan rossiyalik yakkakuraşçi Habib Nurmagomedovni jangga çorladi.
 
28 yoşli Makgregor aralaş janglar qoidasi böyiça 24ta jang ötkazib, 21 marta ğalaba qozongan, uç marta mağlub bölgan.