Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi Sloveniyaning maişiy texnika işlab çiqaruvçi Gorenje kompaniyasini sotib oliş fikridan qaytdi. Şu tariqa iyulda tuzilişi mumkinligi ma'lum bölgan bitim tuzilmaydigan böldi.
Ayni vaqtda Panasonic kompaniyaning 10,74 foiz aksiyasiga ega. Gorenje’da ma'lum qilinişiça, yapon kompaniyasi öz uluşini oşirişni istamayotganiga qaramasdan, bu kelgusi biznes-rejalarga va rivojlanişga ta'sir qilmaydi, kompaniyalar turli sohalarda amaliy hamkorlikni davom ettiraveradilar.
10 noyabrda Gorenje aksiyalari Lyublyanadagi birjada Panasonic bilan bitim tuzilişi mumkinligi ilinjida töxtatilgandi. Tahlilçilarning fikriça, bitim tuzilmasligi e'lon qilingandan keyin sloven kompaniyasining aksiyalari narxi 25 iyuldagi 31 foizlik qimmatlaşişdan keyin ançagina tuşib ketişi mumkin.
Gorenje 211 mln yevrolik bozor kapitallaşuviga ega. 2016 yil yakunlariga köra, kompaniya 7,6 mln dollarlik sof foydaga ega bölişi kutilmoqda.

finance.yahoo.com












