Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu Yevropa terma jamoalarining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi
2018 yilgi jahon chempionatining Latviyaga qarshi saralash uchrashuvida dubl amalga oshirgan Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa terma jamoalarining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Uchrashuv portugallarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ronaldu 68 ta gol bilan bu ko‘rsatkich bo‘yicha Gerd Myuller va Robbi Kin bilan tenglashib oldi. Eng yuqori o‘rinlar Miroslav Kloze (71 ta gol), Shandor Kochish (75 ta gol) va Ferents Pushkashga (84 ta gol) tegishli bo‘lib qolmoqda.
Robbi Kin terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini e'lon qilgani sababli Ronaldu bu ro‘yxatda milliy terma jamoalar safida amalda to‘p surayotgan yagona futbolchi hisoblanadi.
Manba: tribuna.uz
Mavzuga oid
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026
Ronaldu nihoyat Saudiyada chempion bo‘ldi
20:28 / 19.05.2026