Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 12 noyabr kuni Samarqand viloyati saylovçilari bilan uçraşdi. 

Uçraşuvni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengaşidagi Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari B.Şarofov oçdi. Prezidentlikka nomzodning işonçli vakili S.Abbosov yiğilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan taniştirdi. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov özining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq sözladi. 

Prezidentlikka nomzod Samarqand şahri, bu yerda turli davrlarda barpo etilgan tarixiy-me'moriy obidalar, ayniqsa, Registon va Şohizinda ansambllari, Amir Temur, Xöja Doniyor va Imom Moturidiy maqbaralari, Bibixonim, Xoja Ahror va Hazrati Xizr masjidlari, Çor Çinor va Hazrati Dovud ziyoratgohlari, Afrosiyob muzeyi va Mirzo Uluğbek rasadxonasi kabi qadimiy yodgorliklar xalqimizning yuksak me'morçilik san'ati, ajdodlarimizning yaratuvçanlik salohiyatidan dalolat berişini ta'kidladi. 

Dasturda ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy va sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot va taşqi siyosat yönalişlarida ilgari surilgan takliflar xalqimizda milliy özlikni anglaş, milliy ğurur va qadr-qimmat tuyğularini mustahkamlaş, jamiyatni isloh etiş va demokratlaştiriş, mamlakatimizni modernizatsiya qiliş jarayonlarini yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladi. 

Işlab çiqarişni texnik va texnologik yangilaş, mahalliy sanoat samaradorligini yanada oşiriş, mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş, turizmni rivojlantiriş kabi masalalar ham ilgari surilgan. Viloyatda 1105 arxeologik, 670 me'moriy, 21 memorial, 18 monumental, jami 1851 moddiy-madaniy meros obekti mavjud. Bu Samarqand turizm industriyasini rivojlantiriş va yurtimizni jahon sayyohlik markazlaridan biriga aylantiriş imkonini beradi. 

Turizm iqtisodiyotning rivojlaniş jarayonini tezlaştiruvçi omil sifatida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yeçimida muhim örin tutadi. Xususan, qöşimça iş örinlari yaratilişi, aholi bandligini ta'minlaşga, iqtisodiy faoliyatning özaro boğliq bölgan tarmoqlari, infratuzilmaning rivojlanişiga xizmat qiladi. 

Videokonferensiya tarzida ötgan uçraşuvda Samarqand tumanidagi 31-umumta'lim maktabi direktori Z.Şodiyeva, Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti öqituvçisi M.Ibrohimova, “Özbek jang san'ati” federatsiyasi Samarqand viloyati bölimi boş murabbiyi J.Yusupov va boşqalar nomzodning dasturi va unda belgilangan vazifalar haqida fikr bildirdi. Saylovçilarni 2016 yil 4 dekabr kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol iştirok etişga çaqirdi.