Janubiy Koreya prokuraturasi 14 noyabr kuni davlat rahbarining ikki nafar sobiq kotibini söroq qildi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi. Ular oktabr oyidagi siyosiy mojarolardan söng iste'foga çiqqan edi. 

Avval xabar qilinganidek, prezident Pak Kin Xening qohin dugonasi Tsoy Sun Silning davlat işlariga aralaşganiga oid xabarlar paydo bölgaç, mamlakatdagi siyosiy norozilik kuçaygan edi. Bundan taşqari, Tsoy Sun Sil davlat idoralaridagi aloqalaridan foydalangan holda, yirik korporatsiyalardan pul yiqqan. 

Bu safar Seul markaziy okrugidagi prokuraturaga Koreya prezidenti sobiq kotiblari An Bon Gin va Li Çe Man söroqqa çaqirilgan. Ularning ikkisi ham tergov bilan hamkorlik qilişga tayyorliklarini bildirişgan. Prokuraturaning gumon qilişiça,  An Bon Gin va Li Çe Man Tsoy Sun Silning prezident hujjatlarini qölga kiritişiga aloqador bölişi mumkin. 

Xususan, Tsoy Sun Silning planşet kompyuterida prezident Pak Kin Xe ma'ruzalari topilgan edi. U prezident nutq qilişidan avval, ularga özgartiriş kiritgani ma'lum bölgandi. Pak Kin Xening yana bir kotibi Çon Xo Son maxfiy ma'lumotlar oşkor bölgani sababli qölga olingan. 

Pak Kin Xening özi mojaro tufayli ikki marta keçirim söragan va prokuraturada öz xohişi bilan körsatma berişga tayyorligi haqida bayonot bergan edi. Bundan avval, Janubiy Koreyada amaldagi davlat rahbari prokuraturaga heç qaçon körsatma bermagan.