Avstraliyaning Melburn şahridagi boşlanğiç maktabda tahsil oluvçi 9 yaşar musulmon qizça AQŞning yangi saylangan prezidentiga atab esse yozdi. U öz yozgan işida Donald Tramp “nega yomon odam” ekanligiga batafsil töxtalib ötgan. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
U öz ixtiyoriga köra, “Yomon Donald Tramp” mavzusida esse yozgan.
U A4 ölçamidagi yozgan ijodiy işini AQŞdagi saylovlar haqida bolalar bilan suhbatlaşayotgan sinf rahbari Jyess Biggsning qöliga topşirgan. Biggsning sözlariga köra, suhbat davomida bolalar juda hissiyotli bölişgan.
— Biz saylov haqida suhbatlaşdik… Maktabdagi köplab bolalar musulmondir. Şu sabab ular nima sodir bölayotganini kuzatişmoqda, — dedi Biggs xonim.
Uning aytişiça, töqqiz yaşar öquvçisi öz inşosida Donald Tramp nega yomon odam ekanligiga oydinlik kiritmoqçi bölgan va yangi prezident musulmonlar hamda meksikaliklarning AQŞga immigratsiyasini taqiqlaşi borasida öz xavotirini bildirgan.
— U irqçi va juda yomon odam. Bu meni juda taşvişga soladi, çunki özim musulmonman. U esa bizni va ayollarni hurmat qilmaydi. U oilasi haqida emas, faqat özi haqida öylaydi, — deb yozadi qizça Tramp haqida.











