Xitoy va Peru umumiy qiymati 2 mlrd dollarlik savdo kelişuvini imzoladi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Mazkur bitim Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti arafasida imzolangan. Hujjatda yengil sanoat, töqimaçilik, qişloq xöjaligi mahsulotlari, tibbiyot, metall va minerallarni sotiş va xarid qilişga oid şartnomalar öz aksini topgan. 

"Dunyodagi murakkab va noqulay vaziyatga qaramasdan, Xitoy-Peru savdo hajmi ösişga va rivojlanişga erişdi", — degan XXR tijorat vazirligi vakili Çju Yun tantanali imzolaş marosimida.

17-18 noyabr kunlari Peru poytaxti Lima şahrida OTIH vazirlari uçraşuvi taşkil etiladi. OTIH davlatlari rahbarlarining sammiti esa, 19-20 noyabr kunlari bölib ötişi belgilangan.