Italiyaning eng keksa erkagi, Sardiniya orolidagi Assemini şahrida yaşovçi Valerio Piroddi 13 noyabrda 111 yoşini nişonladi, deb xabar bermoqda L'Unione Sarda mahalliy naşri.
Yurtdoşlari tomonidan "Italiya bobosi" deb ataladigan Valerio öz tuğilgan kunini qarindoşlari va qöşnilari bilan birga nişonladi. Ular orasida boboning ikki farzandi, 6 nabirasi va 5 evarasi bor bölgan.
Piroddi heç qaçon jiddiy kasalliklardan aziyat çekmagan va özini yaxşi his qilib keladi. Uning quloği oğirlaşib qolganiga qaramasdan, xotirasini yaxşi saqlab qolgan va özi mustaqil yuradi.
"Bobo xotira va motorika jihatdan haqiqiy mö'jizadir. Uning biologik yoşi barça qayd qilingan hujjatlardan 20 yoşga kiçikroq", deb aytdi Jahon uzoq umr köriş jamiyati prezidenti Roberto Pili. Pilining aytişiça, "Italiya bobosi" Yevropaning eng keksa odamiga aylanişga barça imkoniyatga ega.

"Men 1905 yilda Sardiniyadagi Villamassarja qişloğida tuğilganman. Mening otam yoşligimda ötib ketgan. Men mehnat qilişni barvaqt boşlaganman, dastlab temir yölda, söngra kömirçi bölib işlaganman, biroq minimal pensiya olaman", deb biroz ökinib gapirdi bobo jurnalistlarga.
Italiyaning Sardiniya oroli azaldan özining uzoq umr köruvçi odamlari bilan maşhur bölgan. Mutaxassislarning fikriça, orolda yoşi 100 dan oşgan 350 dan köproq odam yaşaydi. Orolda şuningdek genetik tadqiqoqlar markazi oçilgan bölib, bu yerda mahalliy uzoq umr köruvçi şaxslarning DNKsi örganiladi.
Hozirda Italiya va butun dunyodagi eng uluğ yoşli ayol Verbaniya şahrida yaşovçi Emma Morano hisoblanadi. 29 noyabrda momo 117 yoşga töladi. 2013 yil aprelida u Yevropaning eng keksa odami bölgandi, joriy yilning 12 mayidan esa umuman sayyoramizning eng keksa odamiga aylandi. Morano 1900 yildan avval tuğilgan dunyodagi yagona inson hisoblanadi.












