Tayvanning kompyuter va mobil qurilmalar işlab çiqaruvçi Acer kompaniyasining sof daromadi 30 foizga oşib ketdi. Bundan kompaniya tomonidan 2016 yil 3-çorak böyiça çop etilgan ma'lumotlar guvohlik bermoqda.
3-çorak natijalariga köra, kompaniyaning tuşumi 59,6 mlrd Tayvan dollarini (1,9 mlrd dollar), sof daromadi esa 249 mln Tayvan dollarini (7,8 mln dollarni) taşkil qildi. Bir yil avval şu çorakda kompaniyaning daromadi 191 mln Tayvan dollariga teng bölgan.
Kompaniya 2011 yildan 2013 yilgaça ziyon körib işlagan. Kompaniya yirik kölamdagi qayta taşkillaştiriş hisobiga daromad ola boşlagan. Bu jarayon davomida kompaniyaning rahbariyati özgargan, xodimlari soni qisqargan va yangi biznes-rejalar tuzilgan.
Kompaniya öz daromadining katta qismini noutbuklar sotişdan oladi. Bu borada 2-örinni kompyuterlar egallaydi. Monitorlar kompaniyaga 12 foiz foydani, planşetlar – 6 foiz, smartfonlar 1 foiz foydani keltiradi.
Geografik jihatdan kompaniya uçun eng serdaromad mintaqa EMEA (Yevropa, Yaqin Şarq, Afrika) hisoblanadi, ötgan çorakda bu mintaqa hisobiga kompaniyaning 38 foiz aylanmasi töğri kelgan. Osiyo-Tinç okeani mintaqasi kompaniyaga 33 foiz tuşumni, Şimoliy va Janubiy Amerika 29 foiz tuşumni ta'minlagan.
Gartner tahlilçilari ma'lumotlariga köra, kompaniya 2016 yil iyul-sentabr oylari içida 4,6 mln ta kompyuter işlab çiqargan. Kompaniyaning jahon bozoridagi uluşi 6,7 foizni taşkil qilgan va bu işlab çiqaruvçilar orasida 6-körsatkiç hisoblanadi












