Germaniyaning Porsche kompaniyasi Los-Anjyeles avtokörgazmasiga ikkita yangi «Panamera»dan taşqari 911 RSR poyga modelining yangi avlodini olib kelgan. Bugun, tarmoqda jangovar 911ning tizeri paydo böldi. U çidamlilik böyiça jahon çempionati – WEC’da iştirok etişi mumkin.
Hozirça, Porsche tayyorlanayotgan ikki eşikli modeli haqida deyarli heç narsani oşkor qilmagan. Albatta, uning prototipi bahor oylaridayoq namoyiş etilgandi. Biroq, öşanda ham texnik tafsilotlari sirligiça qolgan edi.
Mazkur avtomobil nafaqat WEC, balki IMSA WeatherTech SportsCar Championship, «Le-Mahn» birinçiligining Yevropa va Osiyo poygalarida qatnaşadi. U 2017 yil yanvarida «Daytona 24 hour» marafonida ilk bor öz kuçini sinab köradi.




















