"Panama hujjatlari" deb nomlangan ma'lumotlarni oşkor qiliş bilan boğliq mojarolar ötmişda qoldi. Panama prezidenti Xuan Karlos Varela Meksika poytaxtida tadbirkorlar bilan ötkazgan uçraşuvida şunday fikrni bildirdi.
Markaziy Amerika respublikasi rahbari Meksikaga taşrif buyurib, hamkasbi Enrike Penya Neto bilan muzokaralar ötkazdi. Davlat rahbarlari, şuningdek, xavfsizlik, muhojirlik, iqtisodiy loyihalar va ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilişdi.
"Biz, butunlay şaffof bölgan Panama moliya tizimini himoya qiliş uçun qonunçilik talablarini özgartirişda ilgarilab ketdik", - deya Varela sözlarini keltiradi La Jornada gazetasining sayti. Prezidentning ta'kidlaşiça, uning mamlakati "öz moliya tizimi"ni bugungi kunning şaffoflik talablariga moslaştirgan hamda Meksika biznes jamoatçiligiga, "ularning sarmoyalariga Panamada heç narsa tahdid solmayapti".
Eslatib ötamiz, şu yilning aprel oyi boşlarida, Vaşingtonda joylaşgan Jurnalistik suriştiruvlar xalqaro konsorsiumi (ICIJ) jahonning sobiq va amaldagi davlat rahbarlari, siyosatçilar, madaniyat va sport namoyandalarining ofşor hisob raqamlariga oid 11,5 mln hujjatni e'lon qilgan edi. Mazkur töplamga "Panama hujjatlari", deya nom berilgandi.












