14 noyabrda keçki payt Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Tramp bilan suhbatlaşdi. Suhbat davomida Putin yana bir marotaba Trampni prezidentlik saylovlaridagi ğalabasi bilan tabrikladi va unga saylovoldi dasturini amalga oşirişda muvaffaqiyat tilab qoldi.
Tomonlar hozirgi Rossiya-AQŞ munosabatlari juda qoniqarsiz ahvolda ekanligiga rozi böldilar. Putin va Tramp "bu munosabatlarni normallaştiriş uçun faol işlaş kerakligini" qayd qildilar.
Bundan taşqari, suhbatdoşlar birinçi raqamli umumiy duşman – xalqaro terrorçilik va ekstremizmga qarşi birlaşiş zarurligini aytib ötdilar. "Bu borada Suriyadagi inqirozni tartibga soliş masalalari ham muhokama qilindi", deb aytilmoqda Kreml saytida.
Tomonlar telefon orqali muloqotni davom ettirişga kelişib oldilar, biroq yaqin orada yuzma-yuz körişişlari mumkinligini qöşimça qildilar.












