JCh-2018 saralashi. O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yutqazdi

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahridagi "World Cup" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasini qabul qilgan mezbonlar irodali g‘alabaga erishdi.
Birinchi bo‘limning 25-daqiqasida Marat Bikmayev Koreya darvozaboni juda qo‘pol xatosidan unumli foydalanib, 30 metrlardan bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi va O‘zbekiston terma jamosini oldinga olib chiqdi – 0:1.
Ikkinchi bo‘lim murabbiylar jangi bo‘ldi va unda mezbonlar ustozi Uli Shtilike g‘alaba qozondi. Aynan u amalga oshirgan o‘zgarishlar foyda keltirdi.
67-daqiqada maydon egalarining chap qanotdan uyushtirishgan hujumini Nam Tay Hi gol bilan yakunlandi – 1:1.
86-daqiqada Ku Ja Chol Lobanov darvozasiga ikkinchi to‘pni yo‘lladi va Samvel Babayan jamoasi durangdan ham quruq qoldi.
Bu Samvel Babayan boshchilik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining 3-saralash bosqichidagi ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Avvalroq jamoa o‘z maydonida Erondan 0:1 hisobida yengilgandi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 3-saralash bosqichining 1-davrasini Eron va Janubiy Koreyadan keyin 3-o‘rinda yakunladi.

JCh-2018 saralashi, Osiyo qit'asi
Janubiy Koreya - O‘zbekiston — 2:1
Gollar: Nam Tay Xe (67), Ku Ja Chol (86) - Bikmayev (25)
Janubiy Koreya: Kim Syon Gyu, Kim Ki Xi, Park Jo Xo, Song Nyon Min, Nam Tay Xe, Ji Dong Von, Ku Ja Chol, Ki Syon Yong, Li Jyon Xyop, Jang Xyu Su, Kim Chang Su
O‘zbekiston: Aleksandrya Lobanov - Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Davron Hoshimov - Marat Bikmayev, Odil Ahmedov, Vadim Afonin, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov - Igor Sergeyev.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
Mavzuga oid

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

12:36 / 24.04.2025