Nyu-Yorkdagi Trump Organization kompaniyasi tomonidan bunyod etilgan uç köp qavatli uyda yaşovçilar bu binolarning qayta nomlanişiga erişişdi, yangi saylangan prezidentning nomi esa majmualar oldidan olib taşlandi. Bu haqida Bloomberg agentligi ma'lum qildi.
Gap Manxettendagi uç elita qöp qavatli uydan iborat Trump Place nomli majmua haqida ketmoqda. U yerda jami 1,3 mingdan ortiq kvartira mavjud.
Bundan avval deyarli 600 kişi majmuani qayta nomlaşni sörab, internet-petitsiyani imzolaşgandi. Trump Place'da yaşovçilarning sözlariga köra, ular milliarder şarafiga nomlangan uylarda yaşaşni istaşmaydi. Bu Trampning atrofidagi mojarolar, xususan ayollar haqidagi nojoiz sözlari bilan boğliq.
"Odamlarga qayerda yaşaşimni aytişdan uyalaman", - deydi uzoq yillardan beri uşbu majmuada yaşovçi Merjori Jyeykobs.
Endi binolar öz manziliga köra nomlanadi - Riversayd, 140, 160 va 180-uylar. Trump Organization vitse-prezidenti Amanada Miller, öz navbatida, binolarning qayta nomlaniş masalasi bir neça yil avval muvofiqlaştirilgani, petitsiya esa bu jarayonni tezlaştirganini ta'kidladi.












