AQŞ prezidenti Donald Trampning öğli Erik Tramp ma'lum qildiki, Trump Organization kompaniyasi Rossiya hududida loyihalarni yölga qöymagan.

"Rossiyada heç qanday loyihalarimiz mavjud emas. Agar bizning Rossiyada loyihalarimiz bölganida, bunday loyihalarda nomimiz bölardi", degan Trampning öğli Fox News efirida. U kompaniya öz nomini turli loyihalarga qöyişga odatlanganini qayd etib ötgan va Trump Tower misol tariqasida keltirilgan.

Yanvar oyida Donald Tramp oilaviy biznesni boşqarişni öğillari kiçik Donald va Erikka topşirganini ma'lum qilgandi. Ular kompaniya vitse-prezidentlari hisoblanişadi.

Ötgan yilning noyabrida Slate naşri Trump Organization va Alfa-bank (Rossiya) serverlari örtasidagi aloqalar borligi haqida xabar bergandi. Öşanda Trampning ştabi bu ma'lumotni inkor qildi.

Şu yilning martida Federal qidiruv byurosi Trump Organization va Alfa-bank serverlari örtasidagi aloqalarni örganişni qaytadan boşladi. FQB ma'lumotlariga köra, Alfa-bankning ikki serveri orqali Trump Organization serverlariga 2,7 mingdan ortiq xabar jönatilgan. Oldinroq bunga spam yoki elektron poçta orqali yuborilgan marketing sifatida qaralgandi.