Xitoyda işlab çiqarilib, AQŞda sotilgan smartfonlarning bir qismi bekdor bilan ta'minlangan bölib, u har 72 soatda barça matnli xabarlarni Xitoy serverlariga yuboradi. Bu haqda The New York Times naşri yozmoqda.

Gazeta ma'lumotlariga köra, Amerikaning kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislari yaqinda Android smartfonlari dasturiy ta'minotiga örnatilgan “ayğoqçi” dasturni aniqlaşgan. U foydalanuvçining harakatini, kimga qönğiroq qilişi va qanday xabarlar yuborişini kuzatgan. Hozirça, hukumat vakillari, bu ma'lumotlardan reklama maqsadida foydalanilgani yoki Xitoy razvedkasining axborot yiğiş böyiça sa'y-harakati samarasi ekani borasida aniq töxtamga kela olmayapti. 

Uşbu dasturni aniqlagan Kryptowire kompaniyasining işonç bildirişiça, yaşirin dastur matnli xabarlar, telefon raqamlari röyxati, qönğiroqlar vaqti, foydalanuvçining turgan örni va boşqa ma'lumotlarni Xitoy serveriga yuboradi. Bunda, foydalanuvçining mazkur bekdor faoliyatidan xabari ham bölmaydi. 

Iyul oyida xitoylik xakerlar 10 mln dona Android-qurilmalarga kiriş imkoniyatiga ega bölişgani xabar qilingan edi.