2016 yil 16 noyabr kuni Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning Surxondaryo viloyati saylovçilari bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda ÖzMTDP Surxondaryo viloyat kengaşi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Uçraşuvda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, xotin-qizlar, yoşlar, mahalla faollari, partiya a'zolari va OAV xodimlari iştirok etdi.
Uçraşuvni xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengaşidagi Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi guruhi rahbari Sayfullo Tursunov oçib berdi va olib bordi.
Dastlab nomzodning viloyatdagi işonçli vakili Bahodir Xudoyqulov yiğilganlarni Sarvar Otamuratov tarjimai holi bilan taniştirdi. Şundan söng nomzod saylovoldi Dasturining asosiy yönalişlari yuzasidan nutq sözladi.
Nomzod “Milliy tiklaniş – avvalambor milliy özlikni anglaş demakdir”, “Milliy manfaatlar va milliy qadriyatlarimiz himoyasi – boş vazifamiz”, “Farzandlari soğlom va barkamol yurt qudratli bölur”, “Öz tarixini bilmaydigan, keçagi kunini unutgan millatning kelajagi yöq”, “Barkamol avlod – millat tayançi” tamoyili ostida ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy va sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy, axborot, sport va taşqi siyosat sohalarida bir qator vazifalar belgilanganini aytib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining maqsadi – milliy tiklanişdan milliy yuksalişga erişiş ğoyasini amalga oşiriş, içki siyosatda iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanişi, xalqimizning farovonligi oşişi, mamlakatimizdagi tinçlik va osoyiştalikni mustahkamlaş, taşqi siyosatda milliy manfaatlarni himoyalaş va maqsadli ilgari suriş, Özbekiston xalqining milliy-madaniy va ma'naviy-axloqiy qadriyatlari, urf-odatlarini saqlaş va boyitişdan iborat ekanligini alohida e'tirof etdi.
Şundan kelib çiqqan holda saylovoldi Dasturda milliy özlikni anglaş, milliy ğurur va qadr-qimmat tuyğusini mustahkamlaş, milliy iqtisodiyotni rivojlantiriş, aholi turmuş sifati, darajasi va farovonligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqiş belgilangan.
Uçraşuvda nomzod saylovçilarni saylovoldi Dasturi bilan taniştirar ekan, surxondaryoliklar e'tiborini ijtimoiy sohada belgilangan vazifalarga qaratdi.
Sarvar Otamuratov ta'kidlaganidek, bugun jahonda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Sayyoramizda aholi soni jadal köpayib borayotgan bir vaqtda, ayrim davlatlarda bu borada öta tanqislik kuzatilayotgani ijtimoiy va siyosiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Xalqaro taşkilotlarning ma'lumotlariga qaraganda, bugun dunyoda har sakkiz odamdan biri töyib ovqatlaniş imkoniyatiga ega emas.











