Koreyaliklar boş murabbiyi Uli Ştilike Özbekiston terma jamoasiga qarşi keçgan va 2:1 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan öyindan keyingi matbuot anjumanida öz fikrlarini bildirib ötdi. Uning sözlari Stadion.uz tomonidan keltirilgan.
"Bugungi öyin oson keçmasligini bilardim. Özbekiston terma jamoasi saralaşning uşbu bosqiçida öz darvozasidan bor-yöği 1ta gol ötkazib yuborgandi. Birinçi bölib öz darvozamizdan gol ötkazib yuborganimiz bois, ahvolimiz qiyinlaşdi. Ammo vaziyatni önglab, ğalaba qozonganimizdan xursandman.
Şogirdlarim sovuqqonlikni yöqotmagan holda öz öyinlarini namoyiş qilişda davom etişdi. Töpni nazorat qiliş borasida biz raqibga nisbatan ustunlikka erişdik. Raqib jarima maydonçasi atrofida aniq uzatmalar bera olmadik. Umuman olganda, natijadan qoniqiş hosil qildim.
Ikkinçi öringa kötarilib olganimiz muhim ahamiyatga ega. Endi biroz yengil tin olsak böladi. Keyingi öyinga xotirjam tayyorgarlik köramiz. Jadvalda uçinçi va ikkinçi örinlarni egallab turiş örtasida katta farq bor.
Öyinda töp nazoratini özimizda uşlab turişni istadim va şundan kelib çiqib töp bilan yaxşi muomala qiladigan futbolçilarni asosiy tarkibda tuşirdim. Ki Son Yongni himoyada öynatdim, boisi, u bizga himoyadan hujumga tez ötişda yordam berişi kutilgandi.
Kim Şin Uk şunday öyinçiki, raqib futbolçilari çarçagan paytda maydonga tuşirilsa, bizga foyda keltiradi. Agar Kim öyin boşidan öynaganida, töpni nazorat qilişimiz qiyin keçardi", - deydi Uli Ştilike.












