MLS vakili «Los-Anjyeles Gelaksi» klubi yarimhimoyaçisi Stiven Jyerrard klubdan ketişi haqida e'lon qildi. Futbolçining şartnomasi 2016 yil dekabrda nihoyasiga yetadi va boşqa muddatga uzaytirilmaydi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
«Liverpul»ni tark etganimda Los-Anjyelesga kelib «Gelaksi»ga MLS Kubogida zafar quçiş uçun yordam bermoqçi edim. Men bu vazifani bajara olmaganimizdan xafaman, ammo men klubda ötkazgan vaqtim bilan faxrlanaman. Biz ikki marta pley-off bosqiçiga çiqdik. Maydonda bir qança unutilmas voqealarni boşimizdan ötkazdik.
Öz işim davomida Liverpulda katta tajriba töplagan bölsamda, Los-Anjyeles kelib «Gelaksi»da yanada köproq tajriba töpladim. Bunday imkoniyatni yaratib bergan klub rahbarlariga, murabbiylarga, klubdagi döstlarimga, muxlislarga minnatdorçilik bildiraman. Ular meni bu yerga kelgan kunimdan boşlab qöllab-quvvatlab turişdi. Bu liga rivojlanayotganidan xursandman. Endilikda men oilam davrasiga qaytiş va faoliyatimning yangi bosqiçi boşlanişini sabrsizlik bilan kutmoqdaman», — degan Jyerrard.
Jyerrard «Gelaksi» bilan 2015 yilning 7 yanvarida şartnoma tuzgan, biroq 2015 yoziga qadar «Liverpul»da ijara asosida töp surgandi. Şundan söng u MLS klubi safiga borib qöşilgandi.












