Keça Donald Tramp AQŞ prezidenti lavozimiga kirişdi. Amerikada an’anaga köra, saylovda ğolib bölgan nomzod tantanali qasamyod qabul qilişi bilan rasman prezident lavozimiga kirişadi. Xöş, özi prezidentlar nega lavozimga kirişişdan avval ont içişadi? Iltimos, uşbu xabarga ilova qilingan videoga like bosing, fikringizni esa izohlarda qoldiring.

Majburiy emas, lekin odat

Keling, Amerika prezidentlaridan boşlasak, axir ular bu jarayonni an’ana körinişiga olib çiqişgan. AQŞ qonunçiligiga köra, prezidentlik saylovlari noyabr oyining birinçi seşanbasida ötkaziladi. Ğolib nomzod kelasi yil 20 yanvarda lavozimga kirişadi. Amaldagi prezident saylovda yutqazgan yoki unda qatnaşmagan bölsa ham, 20 yanvar kuni soat 12:00 gaça heç qanday vakolatlari çeklanmagan holatda Oq uy rahbari bölib qoladi. Soat millari 20 yanvar kunduzgi 12:00 ga bong urişi bilan noyabrdagi saylovda yutgan nomzod prezidentga aylanadi. Ya’ni qonunçilikka köra prezidentlar tantanali qasamyod qilişi majburiy emas, lekin barça Amerika prezidentlari şunday qiladi. Axir bu Jorj Vaşingtondan qolgan odat.

AQŞ prezidentlari doim bir xil qasamyodni takrorlaydi: ular mamlakat konstitutsiyasini himoya qilişga ont içadi. Axir 1787 yilda yozilgan konstitutsiyada barça huquqlar kafolatlangan.

Amerika odatlariga köra, inauguratsiya kuni Oq uy rahbarligida sönggi kunini ötkazayotgan prezident bölajak prezidentni Kapitoliyda kutib oladi. Keyin ular birgalikda çoy içişadi. Şundan keyin sobiq prezident bölajak prezidentga Oq uy rahbarligini topşiradi va ular birgalikda, bitta “Limuzin”da qasamyod marosimiga yöl olişadi.

Amerika prezidentlari odatda qöllarini Injilga qöygan holatda qasamyod qilişadi. Qasamyod oxirida esa «Bu yölda menga Xudo yor bölsin» deb qöyişadi. Bu ham Jorj Vaşingtondan qolgan odat.

Qasamyoddan keyin prezidentlar inauguratsiya nutqini sözlaydi. Odatda ularga nutqni yozişda yordam berişadi. Uç prezidentning nutqlari etalon sifatida qaraladi. Linkoln va Ruzvelt nutq matnini özlari yozgan. Ular orasida şubhasiz Avram Linkolnning nutqi ajralib turadi. U ajoyib badiiy uslubda amerikaliklarga murojaat qilgan, ta’sirli matnni şaxsan özi tayyorlaydi.

Franklin Ruzvelt – inauguratsiya nutqida birinçi bölib hazillaşgan prezident. Jon Fidjyereld Kennedi esa 20 daraja sovuqda paltosi qöl harakatlariga xalaqit bermasligi uçun uni yeçib ta’sirli nutq sözlagan. Tramp ham bu borada boşqalardan ajralib turadi, keça uning qölida, menimça, qoğozi ham yöq edi. Axir Tramp heç nimaga qaramay soatlab gapira oladigan odam.