Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko ma'lum qildiki, u belaruslar haqida qayğurib, ularni «taltaytiradi». Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.

«Oçiq aytaman, biz öz odamlarimizni biroz erkalatamiz. Meni şu xalq prezident qilgan. Bu odamlar oldida majburiyatlarim köp, ularning manfaatlari doim birinçi örinda», — degan Lukaşenko.

U qayd etganki, oddiy kişilarning manfaatlari davlat uçun birinçi örinda turişi kerak. Xususan maoşlar masalasida.

Uning sözlariga köra, hozirda belaruslarning örtaça oylik maoşi miqdori 400 dollar atrofida, keyingi yilda bu miqorni 500 dollarga yetkaziş kerak.

Bundan oldinroq, Lukaşenko hukumatga örtaça oylik maoşni 500 dollarga yetkaziş böyiça körsatma bergani xabar qilingandi.