AQŞ prezidenti Barak Obama uning davlati NATO böyiça ittifoqdoşlarini himoya qilişiga va'da berdi. 

"Gretsiya demokratik davlat hisoblanadi, çunki biz NATO böyiça ittifoqdoşlarmiz. Biz demokratiyalar alyansimiz. Biz yillar mobaynida NATOga investitsiyalar qildik. Bugun NATO dunyodagi eng yirik alyans, u har doimgidan barqarorroq. Men amerikaliklar NATOga a'zo har bir davlatni himoya qilişni davom ettirişiga işonç bilan qarayman", deb aytdi Obama Afinada Stavros Niarxos jamğarmasi madaniyat markazidagi nutqi davomida.

Obama öz nutqi davomida demokratiya haqida köp fikrlar bildirdi. "Afinada yoqilgan demokratiya olovi heç qaçon sönmaydi", deb aytdi Obama. Uning aytişiça, AQŞ köplab davlatlar bilan hamkorlik qiladi, biroq hamma davlatda ham demokratiya bor emas. "Demokratik jamiyatlar köproq adolatli va barqarorroqdir. Demokratik tuzum bölmagan joyda imkoniyatlar kamroq böladi. Demokratiya farovonlik uçun imkoniyatlar taqdim qiladi", deb aytdi Obama. 

Obama fuqarolar öz yetakçilarini tanlaşda erkin bölişlari kerakligini aytdi. Obama şuningdek nutqi davomida AQŞdagi saylovlar borasida ham töxtalib ötdi. "Bizda AQŞning yangi prezidenti bilan köplab ziddiyatlar bor, biroq amerikaça demokratiya istalgan odamdan kuçliroq. Biz hokimiyatning silliq ötişini ta'minlaş uçun barça imkoni bor işni qilamiz", deb va'da berdi Obama.