Ispaniyaning «Sevilya» klubi himoyaçisi Odil Rami «Barselona» hujumçisi Lionel Messi va «Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduni özaro soliştirib, argentinalik futbolçining kuçliroq ekanini ta'kidladi.
«Men maydonda Messi, Ronaldu va Grizmann bilan ham töqnaş kelganman. Haqiqatan ham gap dunyoning eng yaxşi uçta futbolçisi haqida bormoqda.
Lekin, Ispaniyada öynay boşlaganimdan buyon faqat Messi va Ronalduni taqqoslaşadi. Ular dunyoning eng yaxşi ikki futbolçisi, ammo Messi — bu baribir Messi. U ikki-uç raqib bilan kuraş olib bora oladi, agar unga guruh bölib qarşilik qilişsa, kerakli pasni amalga oşirişga qodir. Messi köproq jamoaviy öyinçi, şuning uçun uni yaxşiroq deb hisoblayman», - deya Ramining sözlaridan iqtibos keltiradi Goal.com.












