Bu dunyo sinov dunyosi, unda hamma narsa mehnat, maşaqqatga boğliq. Kim mehnat qilsa, rohat köradi. Kim dangasalikka örganib, muntazam ravişda rohatga mayl qilsa, rohatdan mahrum böladi yoki unga aslo erişolmaydi. Şuning uçun ham donolar: «Agar çarçaşni xohlamasang, çarçagin!» deyişgan. Ya'ni «Maşaqqatlardan qutulib, rohatga erişmoqçi bölsang, avval maşaqqat bilan mehnat qil, undan keyin çekkan maşaqqatlaring evaziga umr böyi rohatda yaşaysan», deganidir bu.
Yana debdilarki: «Dangasalik va jizzakilikdan ehtiyot böl. Zero, dangasa bölsang, haqni ado qilolmaysan. Bordi-yu jizzakilik qilsang, haqqa sabr qilolmaysan». Ya'ni erinçoq, dangasa odam zimmasidagi vazifalarini mukammal ado qilolmaydi, Rabbi farz, vojib qilgan işlarni amalga oşirişga sabri yetmaydi. Jizzaki, asabiy, faqat nolişni biladigan, norozi odam esa Allohning irodasi bilan sodir bölgan musibat, yöqotiş va hokazolarga sabr qilolmaydi. «Haqni ado qilolmaysan» va «haqqa sabr qilolmaysan» degan sözlarning ma'nosi şunday.
Dangasalik, işyoqmaslik barça kulfatlarning boşidir. Kambağallik ayb emas, ammo u yalqovlik sababidan kelgan bölsa, katta aybdir. Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhu) aytadi: «Erinçoqlik va işyoqmaslik bir-biri bilan turmuş qurdi, natijada ularning örtasida faqirlik tuğildi». Ha, qaysi bir kişida ojizlik, noşudlik va dangasalik mujassam bölsa, u inson faqirlikka yuz tutadi. Dangasalik va ojizlik uruğini yerga qadagan odam, alaloqibat qaşşoqlik hosilini yiğib oladi. Ojizlik deganda öz iqtidorini baholay bilmaslik, öziga işonmaslik, «qila olmayman», «qölimdan kelmaydi», «uddasidan çiqolmasam-çi?» degan qörquv va xavotirlarga berilib, biror işga qöl urişga botina olmaslik tuşuniladi. Payğambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) ojizlik va dangasalikdan panoh söraganlar. U kişi quyidagi duoni juda köp öqirdilar:
«Yo Alloh, men Sendan ğam va qayğudan, ojizlik va dangasalikdan panoh berişingni sörayman» (Abu Dovud, Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). Ğam va qayğu bir-biriga jinsdoş narsalar bölgani kabi dangasalik va ojizlik ham bir-biriga öxşaş narsalardir. Şu bois ham ular hadisda yonma-yon zikr qilingan. Payğambarimiz, panoh sörabdilarmi, demak tanballik çindan ham yomon narsa ekan.
Rahmatulloh Sayfuddinov
Yunusobod tumani boş imom-xatibi,
Toşkent Islom Instituti öqituvçisi,
«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi











