Yaxşi işlarni duşanbadan boşlaş odat tusiga aylangan. Ilk ikki kun şiddatli keçadi, çorşanbaga borib esa, taşabbus örnini dangasalik egallaydi. Natijada maşğulotni davom ettiriş keyinga qoldiriladi. Harvard Business Review'da şu mavzudagi maqola taqdim etildi.

Yaponlar buni «mikka bouzu» - «uç kunlik ruhoniy» (sözma-söz "uç kun ham sabr qila olmaydi") deb ataşadi. Biz özimiz istamagan va bizga qiziği bölmagan işni bajarişga erinamiz.

"Sen özingni özing majbur qila olmasang va öz oldingga talab qöya olmasang, oldingda yuz öqituvçi turgan bölsa ham, bunga ojizlik qiladi", - deb yozgan yarim asr ilgari V.A.Suxomlinskiy. Bugun, aksinça, içki qoniqmaslik hissi va turli depressiv holatlar avj olmoqda.

Inson öz maqsadlarini töliq anglaşi va öz imkoniyatlari hamda ularga erişişda obektiv reallikni baholaşi barobarida, şubhasiz, özini asraşi kerak. Orzu va istaklar mavjud bölib, ularning nima uçun kerakligi borasida tuşunçalar yöq bölsa, özingni harakat qilişga majburlaş qiyin. Biroq bugun dangasalikka imkon bersak, ertaga yöqotilgan imkoniyatlar uçun afsuslanamiz. Şunday ekan, inson özi bilan özi kelişişni bilişi kerak. Özini majburlaş - ortiqça. Şunçaki ğayrat qiling va bajaring: inertlikni yengib ötsangiz, iş öz-özidan qaynab ketadi. Qat'iy va sabrli kişilarda esa, albatta, ikkinçi nafas oçiladi.

Qisqasi, kimda xohiş bölsa, maqsadga erişiş yöllarini qidiradi. Qolganlar esa özini oqlaş uçun sabab izlaydi.

Siz fransiyalik köça dorbozi Filipp Peti va uning Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi egizak minoralari örtasidagi "sayr"i tarixini bilsangiz kerak. Hammasi jurnalda Markaz binosi qurilişi haqidagi maqoladan boşlangan - öşandan boşlab Filipp osmonöpar binolar örtasidagi masofani dorda keçib ötiş orzusi bilan yongan. U bunday "sayr"dan keyin hibsga olinişini bilsa-da, unga jon-jahdi bilan tayyorgarlik kördi. Ğoya kuçliroq çiqdi. Peti bugunga qadar maşhur şaxsligiça qolmoqda.

Yaponiyalik afsonaviy dzyudoçi, Olimpiya çempioni Yasuxiro Yamasita jarohatdan keyin musobaqalarda qatnaşişda davom etiş kerakmi yoki yöqligi haqidagi savolga javob berayotib, qaror dzyudoçining "asosiy maqsadi"ga boğliq ekanini qayd etgan. Bu musobaqalarda iştirok etiş sport karerangiz uçun muhimligiga işonişingiz kerak, ğalaba qiliş uçun hamma narsaga tayyorsiz, şu jumladan uzoq davolaniş va qayta tiklanişga ham. Şunday ekan, salbiy asoratlar haqida öylamay, öz ustingizda işlaş va oğriqni yengişda davom etişingiz kerak.