Tanballik va dangasalikni keltirib çiqaradigan bir neça sabab va omillar mavjud bölib, ojizlik ham şular jumlasidan hisoblanadi. Nabiy (alayhissalom) marhamat qilib dedilar: «Kuçli mömin kuçsiz mömindan yaxşiroq va Allohga mahbubroqdir, lekin har ikkisida ham yaxşilik bor. Senga foydali bölgan işlarga haris bölgin va (işingda) Allohdan yordam söragin, lekin hargiz ojizlanmagin!» (Imom Muslim, Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati). Uşbu hadisda Payğambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) möminlarni foyda va manfaat keltiradigan işlarda Allohdan madad söragan holda faol, ğayratli va peşqadam bölişga tarğib qilganlar, ojizlaniş va ikkilaniş, jur'atsizlikdan qaytarganlar.
Köp uyqu, köp yeyiş ham yalqovlikka sabab böladi. Çunki, köp uxlaydigan odamning badanlari böşaşib, kamharakat bölib qoladi, ğaflat va rohatga beriladi. Asosiy vaqti şu yösinda ötgaç, öz-özidan köplab foydali işlarni ötkazib yuboradi. Ibn Qayyum aytadi: «Köp uxlaş qalbni öldiradi, jasadni işdan çiqaradi, vaqtni zoye qiladi hamda ğaflat bilan dangasalikni çaqiradi» (Madorijus solikin).
Köp yeb-içiş ham şunday, badanni semirtirib, oğirlaştirib qöyadi. Töyib ovqat yeganda jasaddagi kuç-quvvat zaxirasi ovqatni hazm qilişga yönaltirilgani uçun inson tani böşaşib, uyquga mayli kuçayadi. Öşa vaqtda inson uyida bölsa yoki yumşoq örindiqlarda ötirgan bölsa, mudroq bosib, nafsining orom istagiga yengilib, közlarini ohista uyquga taslim qilganini bilmay ham qoladi. Qarabsizki, yana bir rejadagi iş ortga suriladi.
Şuningdek, dabdabali, keragidan ortiqça qulayliklarga berilib hayot keçiriş ham dangasalikni keltirib çiqaruvçi omillardan sanaladi. Inson boy bölib, qayerga uzatsa qöli yetadigan darajada bölsa ham, öz yumuşlarini özi bajarişga harakat qilişi afzaldir. Toki yalqovlik balosiga giriftor bölib qolmasin. Ba'zi bir badavlat kişilarni bilamiz, garçi birovlarni yollab işlatişga qodir bölsalar ham, öz qöllari bilan mehnat qilişdan rohatlanişadi. Maşinani özlari haydaşadi, hovlilarida mehnat qilib turişadi, ekintikinlarga qarab, gullar tagiga suv quyib, turli ovqatlar pişirib, bekorçilikka örin qoldirişmaydi.
Inson boyib, farovon hayotga erişganidan söng mehnatni tark qilib qöyadigan bölsa, hayotning ma'naviy fayz-barakasidan, foydali mehnat beradigan rohatlardan mahrum bölib qoladi va garçi boy, köpni körgan bölsa ham unday insonning xalq orasida hurmati qolmaydi.
Rahmatulloh SAYFUDDINOV
Yunusobod tumani boş imom-xatibi,
Toşkent Islom Instituti öqituvçisi,











