
Bismillahir rohmanir rohiym
Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payğambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga esa behisob salovotu durudlarimiz bölsin.
Hozirgi kunimizda dinimiz körsatmalariga amal qiliş amri mahol, taqvo va parhezkorlikni, hossatan birovlarning haqidan qörqmoqlik köpçilik uçun göyoki amalga oşmaydigan xomxayoldan özga narsa emas.
Töğri, Islom tarixini örgansak, ötgan uluğlarimizning har biri yuqorida zikri ötgan fazilatlarni özida mujassam qiliş borasida barçaga namuna böladigan darajada hayot keçirganlar. Buni hammamiz yaxşi bilamiz. Lekin bizning aybimiz: «Ularning davrlarida boşqaça edi, atrof-muhit, şart-şaroit, barça fazilatlarni hosil qiliş uçun imkoniyat çeksiz bölgan, hozir esa umuman boşqaça. Agar taqvo qilaman desang umuman yaşay olmaysan», degan bahonalar bilan özimizni ovutamiz.
Ammo bu bahonalarimiz dunyo-oxiratda heç qanday muammoni hal etmaydi, yengillaştirmaydi va javobgarligimizdan soqit ham qilmaydi. Çunki bizning şariatimiz har qanday zamon va makonga mos bölgan şariatdir. Şuning uçun ham bu şariat ahkomlari Qiyomat kunigaça boqiydir.
Agar ba'zilar öylaganlaridek, u ma'lum bir zamon va makonga xos bölganida, allaqaçon boşqa dinlarga öxşab şariat ahkomlari bekor qilinar edi. Xulosa şuki, hozirgi zamonda ham şariatimiz ahkomlariga amal qilib, taqvoni öziga şior qilib, unga muvofiq holatda hayot keçirayotganlar oz emas. Sözimiz quruq bölmasligi uçun ikki zamondoşimizning hayotida bölgan hodisalarni ibrat tariqasida keltirib ötsak.
Birinçi voqea: Yaqindagina bir yoşgina yigitça kelib: «Ustoz, duo qiling, imtihon natijalari e'lon qiliniş arafasida turibmiz. Alloh taolo özi şarmanda qilmasin, yaxşi baho çiqsin», deb duo söradi. Duo qilib bölganimdan keyin esa: «Ustoz, bir narsadan nihoyatda hijolatdaman. Yoşlik qildim, imtihonga kirayotganimda bir yigit qölimga ruçka berdi. Bu ruçka bilan xato yozilgan joylarni bemalol öçirib, boşqatdan yoziş imkoniyati bor ekan. Imtihonga kirayotganimizda tekşiruvçilar öşa ruçkani ham körişdi, lekin heç qanday e'tiroz bildirişmadi. Men ham nafsimga berilib, u ruçkadan imtihon davomida bir neça marotaba foydalandim, ya'ni xatolarimni öçirib, töğirladim. Endi esa qilgan işimdan nihoyatda puşaymonman, xiyonat qildimmi, deb qörqayapman. Özi boşida ota-onam: «Pul bermasang baribir kira olmaysan», degan edilar. Lekin men agar pora beriş yöli bilan kiradigan bölsam, öqimay qöyaqolaman, deb javob bergan edim. Bir haromdan qoçib, özim bilmagan holda ikkinçi bir haromni qilib qöymadimmi, deya hijolatdaman» – dedi.










