2022 yilning 1 yanvar holatiga mamlakatda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar soni 30,3 ming nafarni tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sohalar bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar soni eng ko‘p tabiiy fanlar yo‘nalishida qayd etildi – 9,3 ming nafar.
Undan keyingi o‘rinlardan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar soni mos ravishda 5,8 ming nafar hamda 4,8 ming nafarni tashkil qilgan ijtimoiy fanlar va texnika fanlari joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan yo‘nalishlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:
- tibbiyot fanlari – 4,6 ming nafar;
- gumanitar fanlar – 4,4 ming nafar;
- qishloq xo‘jaligi fanlari – 1,4 ming nafar.










